Salomatlik

Ota-onalar o‘z oilalarining
raqamli xavfsizliklarini kuchaytira olishlarining
3 yo‘li

Barcha oila a’zolaringizni ushbu raqamli xavfsizlik strategiyasi bilan himoyalang.

Ota-onalar yaxshi sabablarga ko‘ra himoya qilishadi. Bolalar o’rtacha sportchidan ko‘ra o‘zlarini xavf-xatarrga yo‘liqtiradilar. Biroq barcha shilinishlar, lat yeyishlar va qo‘l shikastlanishlaridan himoyalash chog‘i, ota-onalar boshqa kamroq ko‘rinadigan tahdid, internetni e’tiborsiz qoldiradilar. Albatta, u bizning hayotimizni ko‘plab jihatlardan yengillashtiradi, biroq u shuningdek, oilangizni zaif etadi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, raqamli xavfsizlik velosiped shlemi yoki tirsakbandlar kabi ahamiyatga egadir.

Yaxshi xabar shu ki, himoya choralarini ko‘rish nisbatan soddadir. Oilangizning shaxsiy ma’lumotini yomon qo‘llardan asrash uchun, siz shaxsiy ma’lumotingizga ehtimoliy kirishlardan muhofaza qilishingiz lozim. Katta uchlikdan boshlang: ota-ona nazorati, parollar, va ilovalardan foydalanish. Ham onlayn va ham oflayn rejimida muhofazani kuchaytirish bilan, oilangizdagi barchani raqamli xavfsizlikda asray olasiz.

1

Ota-ona nazorati oilaning raqamli xavfsizligining old chizig‘idir

Oilangizni onlayn rejimida muhofaza qilish masalasiga kelganda ko‘plab yo‘llardan foydalanish mumkin. Albatta, ota-onalar o‘z xavfsizliklarining zaif nuqtalariga diqqat qilishlari kerar, biroq shuningdek ular o‘z farzandlarining internetdan foydalanishini nazorat qilishlari lozim. Ekran vaqti, internetga kirish, yoshga muvofiq bo‘lmagan tarkib, chatda o‘zaro muammoli ijtimoiy aloqalar (bulling, ya’ni ta’qib qilish yoki qilinish) borasida gapirmasak ham bo‘ladi, buning hammasini nazorat qilib borish juda yaxshi.

Ota-ona nazorati ostiga kiritish vaqti yetdi. Samsung Knox bilan qo‘llab-quvvatlanuvchi Boomerang Parental Control kabi ilovalar bilan, ota-onalar o‘z farzandlarini diqqat bilan kuzata oladilar — qo‘ng‘iroqlarni nazorat etish, harakatlarni kuzatib borish va nomuvofiq matnlarni taftish etish — ularni doimiy ravishda so‘roqqa tutishga majbur bo‘lmagan holda. Faqat uni sozlab, so‘ng unitib yubormang. Ota-onalar ular yuklab oladigan ilovalarni tasdiqlash va ekran vaqtini (ham hajmini va ham bolalar uni qayerda sarflashlarini) nazorat etishda faol bo‘lishlari lozim. Bunga qaramasdan, shuningdek, onlayn rejimidagi ota-ona nazoratini haqiqiy yuzma-yuz suhbatlar bilan qo‘shimcha qilish ham muhimdir. Bolalardan ularning onlayn rejimidagi tajribalari qandayligini, jumladan uning nimasi zo‘rligi va uning qaysi qismlarida harakatlanish qiyinligi borasida so‘rang. Shu bilan birga, kuchli aloqalar doim eng samarali va jiddiy ota-ona nazorati bo‘lib qoladi.

2

Barcha hisob qaydnomalaringiz uchun raqamli xavfsizlik kuchli parolga tayanadi

Ko‘pchilik ota-onalar oilalarining kelajagini rejalashtirish uchun son-sanoqsiz hisob qaydnomalarini — omonat va nafaqa hisob qaydnomalari — maktabdan keyingi portallar va ota-onalar uchun yuborish ro‘yxatlarini boshqaradilar. Bu barcha hisob qaydnomalarining maxfiyligini saqlash ikki narsadan boshlanadi: login va parol. Bu yerda xavfsizlik boshlanadi.

Eng muhim qadam (raqamlar, bosh va kichik harflar, hamda belgilar bilan) kuchli parolni tanlash va har bir hisob qaydnomasi uchun farqli paroldan foydalanishdir. Ularning hammasini tartibda saqlash uchun Sizga parol menejeri lozim bo‘ladi, u barcha login va parollaringizni bir yerda saqlay oladi va muntazam ravishda parollaringizni o‘zgartirishni eslatib turadi. Ilovalar hatto o‘zingiz aslo o‘ylab topa olmaydigan harflar, belgilar va raqamlar ketmaketligini taklif etadi — xavfsizlik uchun eng yaxshisi. Va parol menejeri ilovasidan foydalanganingizda yoki hisob qaydnomangizga kirganingizda bu ishni o‘zi himoyalangan qurilmada bajaring. Knox bilan himoyalangan Galaxy A50 smartfoni AQSh davlat va harbiy talablariga javob beruvchi ilovalarga ruxsat berish nazorati va dam olish holatida ma’lumotlarni shifrlash kabi qimmatli qog‘ozlar bilan sotiladi.

Ilovalarni nazorat ostida saqlang
Samsung Knox bilan muhofaza etilgan Galaxy S20 farzandingiz yuklabolishi mumkin bo‘lgan firibgarlik ilovalarining ruxsat etilmagan ma’lumotlarga kirishining oldini olish uchun ilovani izolyatsiyalash xavfsizligini qo‘llaydi.*
3

Bolalaringizni himoya qilish fishingni nazorat qilish demakdir

Bolalar uchun maxsusan internet ular hamma narsa borasida bir zumda bilib olishlari mumkin bo‘lgan joydir. Biroq bu hamma ulanishning bir potensial kamchiligi bor: Jinoyatkorlar fishingni farzandingiz muntazam ravishda foydalanadigan yoki kiradigan istalgan ilova, o‘yin yoki veb-saytdan o‘z manfaatida foydalanish uchun qo‘llaydi. Farzandingiz o‘z parollari evaziga bepul futbolkalar yoki o‘yin jetonlari berishni va’da beruvchi “qalqib chiquvchi e’lonlarni” ko‘rganligi borasida surishtiring. Fishing bilan shug‘ullanuvchi jinoyatkor ularning hisob qaydnomasini olib, farzandingizning shaxsiy ma’lumotini, ularning hisob qaydnomasiga bog‘langan kredit kartasi va har qanday shaxsiy ma’lumotni o‘zlashtiradi. Bepul futbolka aslo yetkazilmasligini aytishga hojat yo‘q.

Buning oldini olish uchun ota-onalar ularning bolalari ishlatadigan planshetlar va telefonlarning himoya protokollarini o‘qishlari lozim. Ota-onalar nazoratini va maxfiylik choralarini o‘rnatish bilan birga bolalaringizga internetda xavfsiz qolish borasida aytish va bu kabi suhbatlarni vaqtli va tez-tez o‘tkazish muhimdir. Ular notanish kimsaga o‘z adreslari, to‘liq ismlari, oila a’zolarining ismlarini aslo aytmasliklari va biror kishi bularni so‘rasa, oilaning kattalariga (ya’ni sizga) aytishlari lozimligini bilishlaridan ishonch hosil qiling.

*Funksiyalarning mavjudligi operator va mamlakatga bog‘liq ravishda farqlanishi mumkin.

Endi ushbu hikoyalarni o‘qing