Salomatlik

Bolalarning birinchi telefonlari:
Ota-onalar rioya qilishi
kerak boʻlgan 4 qoida

Bolalarni qanday qilib onlayn xavf-xatarlardan saqlash (va buning ustida ishlayotganingizda oʻzaro ishonchni yaratish).

Farzandingizning birinchi marta mobil telefonga ega boʻlishi – muhim hodisa. Bolalar uchun bu oʻz qurilmasi orqali doʻstlari bilan bevosita aloqa oʻrnatish, qarashlari oʻzlariga oʻxshash insonlar bilan munosabatga kirishish va maktabiga oid oxirgi yangiliklardan xabardor boʻlib turish imkonini beruvchi dunyoni ochib beradi. Siz uchun esa bu haddan tashqari koʻp ekranga tikilish, ijtimoiy mediadan nomunosib foydalanish va umumiy raqamli farovonlik masalalari yuzasidan yangi xavotirlarga yoʻl ochadi. Baxtimizga, bu borada oltin oʻrtalik mavjud. Toʻgʻri yoʻl-yoʻriqlar yordamida ota-onalar farzandlariga munosib onlayn odatlarni oʻrgatishi va ularni internetdagi yashirin, eng xatarli xavflardan himoya qilishi, shuningdek, oʻzaro ishonchga asoslangan munosabatni qurishi mumkin. Mana siz uchun qoʻllanma.

1

Asosiy qoidalarni oʻrnating

Sogʻlom onlayn odatlar birinchi smartfonni topshirishingizdan ancha oldin boshlanishi kerak. Farzandingiz bilan imkon qadar ertaroq va tez-tez internetdan masʼuliyatli tarzda foydalanish haqida suhbatlashing; bunday muntazam suhbatlarni ular nihoyatda yosh boʻlgan va birinchi marta internetdan foydalangan paytdan boshlang. Uydagi har bir kishi uchun axloq qoidalarini belgilab beruvchi oilaviy internet shartnomasi qoidalarni aniq ifoda etishning samarali usulidir. Qoidalarni oilaviy muhokama qiling, soʻng ularni qogʻozga yozing va har bir oila aʼzosi unga imzo cheksin. Bu bolalarning masʼuliyatliroq boʻlishiga yordam beradi – hamda ularning mazkur qoidalarga rioya qilish ehtimolini oshiradi.

2

Dastur va texnik qurilmalardan aralash foydalanishni koʻrib chiqing

Bolalarning onlayn xatti-harakatlarini nazorat qilishning eng oson yoʻli – farzandingiz qanday kontentga kira olishi va uning internetdagi harakatlaring qancha qismini koʻrishingizni boshqarishda yordam beruvchi dasturlardan foydalanish. Ilova parol bilan himoyalangani va/yoki faqat bitta qurilma orqali boshqarish mumkinligiga ishonch hosil qiling; bu bolalarning oʻrnatilgan chegaralarni aylanib oʻtishini qiyinlashtiradi. Ota-ona nazorati dasturlarini bevosita qurilmaga oʻratish nomaqbul kontentni boshdan-oyoq filtrlashning yanada ishonchliroq chorasidir. Mazkur boshqaruv qurilmalarining baʼzilari tarmoqqa ulangan har bir kishining internet tarixini oʻqiydi va shu sababli bu anchagina tajovuzkor boʻlishi ham mumkin. Shu sababli ham koʻplab ota-onalar uchun eng yaxshi strategiya dasturiy va texnik nazorat vositalaridan birgalikda foydalanish hisoblanadi. Nazoratni har doim biror ilova bilan boshlashingiz hamda texnik vosita nazoratini qoʻllashdan oldin, qatʼiyroq cheklovlar zarur yoki yoʻqligi haqida oʻylab koʻrishingiz mumkin.

Amaliy va ishonchli

Ota-ona nazorati tizimini tanlashdan oldin siz va oilangiz xavfsizligini taʼminlashga moʻljallab ishlab chiqilgan qurilmadan. Galaxy A51 kabi telefonlarda tuzilishining har bir aspektiga ichki oʻrnatilgan xavfsizlik tizimi mavjud boʻlib, ham texnik himoya, ham Knox xavfsizlik tizimi yordamida shaxsiy maʼlumotlar himoyasini taʼminlaydi. Shuningdek, quvvati uzoqqa yetuvchi batareya va 6,7 duymli ekran tufayli qurilmani tez-tez quvvatlab turish shart boʻlmaydi hamda farzandlaringiz xavfsiz tarzda turli veb-sahifalarga tashrif buyurishi mumkin.

Knox tomonidan himoyalangan
Knox oʻrnatilgan qurilma orqali farzandingiz internet faoliyatining xavfsizligi darajasini yana bir pogʻonaga koʻtaring.
3

Farzandingiz nazoratini sozlang

Qanday yondashuv eng samarali ishlashi har bir oilaga qarab farq qiladi. Masalan, agar farzandingiz ekranga koʻp tikilmaslik va oʻzini tiyishda qiynalayotgan boʻlsa, uni ekrandan tanaffus qilishga ragʻbatlantirishda yordam bera oluvchi turli ota-ona nazorati ilovalarini taqqoslab koʻrishni xohlashingiz mumkin. Birgalikda ishlatiladigan barcha qurilmalarda xavfsiz qidiruv tizimini faollashtirish va nomaqbul veb-saytlarni bloklash yosh bolalarni muammoli kontentdan himoya qilish uchun juda muhimdir. Farzandingiz ijtimoiy media uchun muvofiq yoshga yetgach, onlayn imtiyozlarni mos ravishda kengaytirishingiz mumkin.

4

Faol ishtirokchi boʻling

Farzand tarbiyalashning barcha jabhalarida boʻlgani kabi, ota-ona ishtiroki nihoyatda muhim. Onlayn tarbiya masalasiga kelsak, bu ishni sizning oʻrningizga biror dasturiy taʼminot bajarishiga yoʻl qoʻya olmasligingizni anglatadi. Oxir-oqibat, samarali nazorat kaliti har qanday munosabat uchun oltin qoida hisoblanuvchi masalaga kelib taqaladi: eʼtibor qaratish va muntazam ochiq muloqotni taʼminlash.

Farzandingizning kelajakdagi xavfsizligini taʼminlang

Ishonishingiz mumkin boʻlgan qurilmalar orqali farzandingizga internetdagi xavf-xatarlarni aniqlab, ulardan saqlanishda yordam bering.

Endi ushbu hikoyalarni o'qing